Daryo

Oktyabr oyida Xitoyning valyuta zaxiralari 1,7 foizga kamaydi

Xitoy milliy valyutasi bo‘lgan yuanning kursi AQSH dollariga nisbatan taxminan 0,6 foizga pasaygan

1 daqiqa o‘qish6 584 ko‘rishlar0 izoh0

Dunyodagi eng yirik zaxiralardan biriga ega bo‘lgan Xitoyning valyuta zaxiralari oktyabr oyida 1,7 foizga kamayib, bir oy avvalgi 3 trillion 316 milliard dollarga nisbatan 3 trillion 261 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi mamlakat Davlat valyuta boshqarmasi (SAFE).

Trading Economics'ning bu boradagi prognozi 3,29 trillion dollarni tashkil etgandi.

Foto: Reuters

Oktyabr oyida yuanning kursi Amerika milliy valyutasiga nisbatan taxminan 0,6 foizga pasaydi. Ayni paytda AQSh dollari asosiy jahon valyutalari savatiga nisbatan 0,8 foizga qimmatlashdi.

O'tgan oy oxirida Xitoyda oltin zaxiralari 72,8 million untsiyani tashkil etdi, deb xabar beradi SAFE. Qimmatbaho metallar zaxiralari hajmi aprel oyidan beri shu darajada saqlanib qoldi.

Shu bilan birga, qiymat jihatidan oltin zaxiralari sentyabr oyi oxiridagi 191,47 milliard dollardan 199,06 milliard dollargacha oshgan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar