Daryo

Qirg‘iziston va Turkiya birgalikda kino va seriallar suratga oladi

“2025-yilda filmlar uchun pavilyonlar qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, seriallar yaratish bo‘yicha ham hamkorlik qilamiz, chunki Turkiya o‘zining seriallari bilan mashhur”, deydi Oltinbek Maqsudov

1 daqiqa o‘qish13 670 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston va Turkiya birgalikda kino va seriallar yaratishga kirishmoqda. Bu haqda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti doirasida Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maqsutov ma’lum qilgan.

Oltinbek Maqsutov
Foto: Kabar

“Bu bizga Turkiya bilan filmlar, videomateriallar va seriallar yaratishda hamkorlik qilish imkonini beradi. Biz o‘zaro tajriba almashamiz, bu, ayniqsa, global kino ishlab chiqarish muhiti sharoitida muhimdir. Yaqinda Italiya bilan ham shunday kelishuvga erishdik.

Boshqa mamlakatlar qatori sifatli filmlar suratga olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 2025-yilda filmlar uchun pavilyonlar qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, seriallar yaratish bo‘yicha ham hamkorlik qilamiz, chunki Turkiya o‘zining seriallari bilan mashhur”, deydi Oltinbek Maqsudov.

Uning aytishicha, tadbirda audio-vizual ishlar yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolangan. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar