Daryo

“Al-Hilol” futbolchisi Neymar yana jarohat oldi 

Braziliyalik futbolchi bir yildan ortiq vaqt davomida jarohat tufayli maydonga tushmagan va endi sog‘lig‘ini tiklab, 2-o‘yinida ishtirok etgan edi

1 daqiqa o‘qish20 706 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliyalik futbolchi Neymar uzoq muddatli jarohatidan so‘ng maydonga qaytgan edi. Futbolchi 2-o‘yinidayoq yana jarohat oldi.

Foto: Getty Images

“Al-Hilol” Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turida “Istiqlol”ga qarshi bahs olib bordi. 

Neymar 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va 87-daqiqada maydondan chiqib ketdi. U sonining orqa qismini jarohatlab olgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023-yil oktyabr oyida tizzasidan jarohat olgandi. Oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tib, futbolchi “Al-Hilol” safida yana maydonga tushishi aniq bo‘lgan va “Al-Ayn”ga qarshi bahsda (5:4) 43 daqiqa harakat qilgan edi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar