Daryo

32 yoshli Neymar kelajagi borasida qaror qabul qildi 

Futbolchi “Al-Hilol”ni tark etib, boshqa jamoaga o‘tadi

1 daqiqa o‘qish58 912 ko‘rishlar0 izoh0

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar Saudiya klubini tark etishi mumkin.

Foto: Getty Images

Goal nashrining xabariga ko‘ra, yanvar oyida Neymar klub bilan shartnomani bekor qiladi. Braziliyalik futbolchi allaqachon “Santos” klubiga rozilik bergan.

32 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 2 ta o‘yinda ishtirok etdi va golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023-yilning avgustida “Al-Hilol” bilan shartnoma imzolagandi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil yozigacha amal qiladi. 

Neymar “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2009-yildan 2013-yilga qadar ushbu klub sharafini himoya qilgan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra hujumchining hozirgi qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar