Daryo

Saudiya klubi Neymar bilan shartnomani bekor qildi

Jarohatlar sabab tiklanishga ko‘p vaqt sarflagan futbolchi joriy mavsumda 2 ta o‘yinda maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish7 374 ko‘rishlar0 izoh0

“Al-Hilol” klubi braziliyalik hujumchi Neymar bilan xayrlashganini e’lon qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.

Klub ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida bu haqda e’lon qildi va futbolchiga minnatdorlik bildirdi.

“Rahmat va omad tilaymiz, Neymar”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.  

Avvalroq Neymar faoliyatini 2013-yilga qadar o‘ynagan “Santos” klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Taniqli insayder Romano ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu haqda yozdi.

Joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha turnirlar doirasida atigi ikki o‘yinda maydonga tushgan, biroq birorta samarali harakatni amalga oshirmagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar