Daryo

Neymar “Santos” klubiga qaytgach ilk golini urdi (video)

Futbolchi penaltini aniq amalga oshirib jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi

1 daqiqa o‘qish24 388 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliyalik hujumchi Neymar “Santos”ga qaytganidan so‘ng ilk golini urdi. 

Foto: Sports Yahoo

Futbolchi “Santos” va “Agua Santa” o‘rtasidagi uchrashuvning 14-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Santos” klubining ochkolari soni 12 taga yetdi va jamoa 7-o‘rinni egallab turibdi.

Neymar va uning jamoasi keyingi uchrashuvni 20-fevral kuni o‘tkazadi. Jamoaga “Noroeste” klubi raqiblik qiladi.

Neymar professional futbolchilik faoliyati davomida “Santos”, “Barselona”, “PSJ” va “Al-Hilol” klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida 33 yoshli vinger 128 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan. Transfermarkt internet portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar