Daryo

Qashqadaryoda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashdi

Ularning qilmishi sudda ko‘rib chiqiladi

1 daqiqa o‘qish55 474 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryoda maktabda dars payti o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, 17-oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta taʼlim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va 10-“B” sinf o‘quvchisi E.O‘. (2008-yilda tug‘ilgan qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘.ning yuziga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida birgalikda yiqilib tushgan.

Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘.ning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muroy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham holatga munosabat bildirib, holat boshqarna va huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar