Daryo

Turkiya 9 oyda 42 millionga yaqin xorijlik sayyohni qabul qildi

Avvalroq 2024-yilda Turkiyaga 60 million sayyoh kelishi kutilayotgani xabar qilingandi

1 daqiqa o‘qish6 698 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning 9 oyida Turkiyaga 41,8 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga ko‘pdir.

Bu haqda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qildi.

Report.az

Vazirilik maʼlumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Rossiya Turkiyaga sayyohlar oqimi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan. 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida kelgan rossiyalik sayyohlar soni 5 million 473 ming 380 nafarni yoki umumiy sayyohlik oqimining 13,08 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 6 foizga o‘sdi.

Birinchi beshlikka Rossiyadan tashqari Germaniya (5,16 million), Buyuk Britaniya (3,68 million), Eron (2,48 million) va Bolgariya (2,17 million) ham kirgan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, sentyabr oyida Rossiya Turkiyaga sayyohlik oqimi bo'yicha ham birinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Germaniya (772,6 ming kishi), uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (deyarli 577 ming). To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Eron (380 ming) va Bolgariya (304,3 ming) egallagan.

Sentyabr oyida Turkiyaga jami 6,54 million sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga ko‘pdir.

Avvalroq 2024-yilda Turkiyaga 60 million sayyoh kelishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar