Daryo

Kiberxavfsizlik markazi ommalashib borayotgan Telegram viruslaridan ogohlantirmoqda

Firibgarlarning maqsadi akkauntni egallab olish va kontaktlarga turli xil ko‘rinishlarda zararli havolalar tarqatish ekani aytildi

1 daqiqa o‘qish10 790 ko‘rishlar0 izoh0

Firibgarlarning maqsadi akkauntni egallab olish va kontaktlarga turli xil ko‘rinishlarda zararli havolalar tarqatish. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Foto: Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Ikki bosqichli autentifikatsiyani o‘rnatish;
  • Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmaslik;
  • Messenjerning “qurilmalar” bo‘limidagi “Faol seanslarni” tekshirish, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.

Avvalroq O‘zbekistonda firibgarlar davlat rahbarining fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani ma’lum qilingan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar