Daryo

Andijonda 24 yoshli yigit o‘ziga benzin quyib, yoqib yubordi

U onlayn qimorda katta miqdorda pul yutqazib qo‘ygani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish27 030 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon shahrida 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, holat 31-oktyabr kuni soat, taxminan, 22:40 lar atrofida sodir bo‘lgan. 24 yoshli F.R. Paynet shaxobchasiga kirib, o‘ziga benzin sepib, joniga suiqasd qilgan va kuygan jarohatlari bilan RSHTYIAM viloyat filialiga keltirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

U o‘ziga benzin sepib, Paynet shaxobchasiga kirib o‘zini yoqib, qaytib chiqib ketgani shaxobchadagi va uning tashqarisiga qo‘yilgan videokameralarda qayd qilingan.

Hozirda unga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, yigit onlayn qimorda katta miqdorda pul yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga suiqasd qilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar