Daryo

Alisher Navoiy bo‘yicha prezident sovg‘asi beriladigan tanlov tashkil etiladi

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

1 daqiqa o‘qish33 421 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, majlisda Navoiy viloyati ma’naviy tarbiya, ma’rifiy yuksalish yo‘lida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi, O‘zbekistonning ma’naviy brendiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi.

2017-yil Andijon viloyatida “Bobur yili” deb e’lon qilinib, shu asosda qator ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident shunday tajribani Navoiy viloyatida ham qo‘llab, 2025-yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” o‘tkaziladi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiyga atab yangi bog‘lar, xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar