Daryo

Tayvan Xitoydan himoyalanish uchun AQSHdan hujumchi dronlar sotib oladi — Bloomberg 

Xitoy Mudofaa vazirligi avvalroq tomonlarni “harbiy fitna”ni to‘xtatishga chaqirgan edi

1 daqiqa o‘qish4 196 ko‘rishlar0 izoh0

Tayvan ma’muriyati AeroVironment va Anduril Industries kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hujumchi dronlarni AQSHdan sotib olmoqchi.

Foto: Bloomberg
“Tayvan hukumati ushbu mingta dronlarni sotib olish bo‘yicha rasmiy kelishuvlarni allaqachon imzolagan”, deb yozadi Bloomberg nashri.

Nashrga ko‘ra, dronlarni xarid qilish Tayvanga “potensial Xitoy hujumining oldini olishga” yordam berishi kerak.

Qayd etilishicha, Tayvan Mudofaa vazirligi sentyabr oyi oxirida “taklif va qabul qilish xati”ni imzolagan. Bu shartnoma imzolanishidan oldingi hujjat bo‘lib, unda mahsulot miqdori, dollar qiymati va yetkazib berish sanalari ko‘rsatilgan. Rasmiy ravishda, agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, shartnomalar yaqin kelajakda imzolanishi mumkin.

AQSH davlat departamenti ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.

Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb biladi va AQSH rasmiylarini orol davlatini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun muntazam tanqid qilib kelmoqda. Iyun oyida Qo‘shma Shtatlar Tayvanga 300 million dollarlik dronlarni sotishni ma’qullagan edi. Xitoy Mudofaa vazirligi tomonlarni “harbiy fitna”ni to‘xtatishga chaqirgan. AQSH, shuningdek, sentyabr oyida Tayvanga 567 million dollarlik harbiy yordam ajratgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar