Daryo

Isroil 500 mln dollarlik lazer qurilmalariga buyurtma berdi

“Hizbulloh” uchirayotgan dron va snaryadlarning ayrimlarini “Temir gumbaz” tuta olmayotgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish9 958 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil 530 million dollarlik “Temir nur” havo hujumiga qarshi lazer qurilmalariga buyurtma berdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Breaking Defense

Isroil Mudofaa vazirligi Rafael Advanced Defense Systems va Elbit Systems kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi. Lazerli qurilmalar “Hizbulloh” guruhining yahudiy davlatiga uchiradigan dronlari va boshqa snaryadlarini tutib olishga qaratilgan. U Isroilda mavjud “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini to‘ldiradi. 

“Temir gumbaz” Livan guruhi tomonidan uchirilgan snaryadlarni aksariyatini tutib olmagani sababli qurbonlar qayd etilgan. Shu sababli Isroil lazerli tizimlarga buyurtma bergan. U bir yil ichida operatsion xizmatga kirishi kutilmoqda.

Sentyabr oyi oxirida Isroil HAMAS va “Hizbulloh” bilan urushayotgan bir paytda AQSHning 8,7 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini olganini e’lon qildi. Shundan 5,2 milliard dollari havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun, shu jumladan “yuqori quvvatli lazerli mudofaa tizimini ishlab chiqishni davom ettirishni qo‘llab-quvvatlash” uchun ajratilgan.

2021-yilda o‘tkazilgan sinovdan so‘ng Mudofaa vazirligi kichik samolyotdagi lazer tizimi dronga energiya nurini yog‘dirib, teshikni yoqib yuborishi va uni yondirishi ko‘rsatilgan videoni e’lon qildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar