Daryo

Toshkent viloyatida huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi

Unga BHMning uch baravari miqdorida jarima qo‘llandi

1 daqiqa o‘qish4 658 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Nurafshon” mahallasida fuqaro yuk mashinada belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Ekologiya vazirligi

Aytilishicha, holat hududda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlangan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan 21 yoshli fuqaro avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-prim 1-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming so‘m jarima qo‘llandi, deyiladi vazirlik axborotida.

Qonunbuzar transport vositasida o‘zi tashlagan chiqindilarni Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi hududidagi poligonga olib borib tashlagan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar