Daryo

Foto: O‘zbekistonda deputatlar saylovida ovoz bergan amaldorlar

Xususan, Abdulla Aripov, Tanzila Norboyeva, Nuriddin Xoliqnazar, qator vazirlik va agentlik, qo‘mita rahbarlari o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi

2 daqiqa o‘qish20 170 ko‘rishlar0 izoh0

27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ovoz berish jarayoni 11 ming 28 ta saylov uchastkalarida soat 08:00 da boshlandi. Davlat rahbari Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga tashrif buyurib, saylovda ovoz berishda ishtirok etdi.

Foto: Prezident matnbuot xizmati

Toshkentdagi saylov uchastkalarida yana bir qator amaldorlar saylovda ovoz berdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA

Senat raisi Tanzila Norboyeva oila a’zolari bilan birga 576-saylov uchastkasida, Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov esa 32-saylov uchastkasiga borib, ovoz berdi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
“Har bir kishining saylovlarda ishtirok etishidagi asosiy maqsad — parlamentdagi saylangan vakillari orqali o‘z kelajagi va yaqinlarining kelajagiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidir”, dedi saylovda ishtirok etgan Tanzila Norboyeva
Foto: Senat matbuot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar 576-saylov uchastkasiga kelib, saylovda ovoz berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
“Islom manbalarida saylash va saylanish haqida ham bayon etilgan, xalq jamiyat boshqaruvida ishtirok etadigan o‘z vakillarini saylab olishi zarurdir. Shu bois ham davlat va jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga hissa qo‘shadigan munosib nomzodlarni tanlash va saylash — o‘ta muhim masaladir”, dedi muftiy Nuriddin Xoliqnazar.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Foto: Telegram / Ozodbek Nazarbekov
Foto: Telegram / Sherzod Shermatov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ham saylovda ishtirok etib, saylash huquqi orqali davlat va jamiyat hayotini yanada yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniyatidan foydalanishga chaqirdi.

“Bugun men nafaqat o‘zim, balki farzandlarim kelajagi uchun ham ovoz bermoqdaman”, dedi agentlik rahbari.
Foto: Telegram / Akmal Burxanov

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ham saylovda ovoz berdi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 7-saylov uchastkasida,  Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov esa Nukus shahridagi 83-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning bildirishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Bu Saylov kodeksining 96-moddasida belgilangan. Shu sabab, 27-oktyabrdagi deputatlik saylovlari o‘tgan deb hisoblandi.

Bu yilgi saylovlarda Saylov jarayonini boshqarishning avtomatlashgan tizimidagi Saylovchilarning elektron ro‘yxatiga O‘zbekistondagi 19 million 944 ming 859 nafar saylovchi kiritilgan. Bundan tashqari, chet ellardagi saylovchilar 165 ming 631 nafarni tashkil etdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar