Daryo

Shavkat Mirziyoyev YXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda mamlakatda bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi

1 daqiqa o‘qish6 438 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) parlament saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Duglas Ueykni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda mamlakatda bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

O‘zbekiston bilan YXHT va uning institutlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot o‘rnatilgani, xususan, byuro bilan unumli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida DIIHB kuzatuvchilari missiyasi faol ishlayotgani yuqori baholandi. Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini takomillashtirish jarayonida ishtirok etdi. Ular bildirgan tavsiya va takliflarning aksariyati inobatga olinib, mamlakat qonunchiligiga tatbiq etildi.

DIIHB vakili missiya faoliyatiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu galgi saylov ilk bor yangilangan konstitutsiyaning parlament va mahalliy vakillik organlarining rolini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qoidalari asosida aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tkazilayotgani alohida taʼkidlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar