Daryo

HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga roziligini e’lon qildi

Falastin harakati Misr amaldorlari bilan muzokaralarda shartlarini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish6 258 ko‘rishlar0 izoh0

Falastinning HAMAS harakati Isroil G‘azo sektoriga o‘t ochishni to‘xtatsa, jangni tugatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda harakatning yuqori martabali a’zosiga tayanib, Barron’s xabar berdi.

Foto: Getty Images

HAMAS delegatsiyasi Qohirada Misr amaldorlari bilan muzokara olib borgan. Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga aloqador “g‘oya va takliflar”ni muhokama qilgan. HAMAS jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan, biroq Isroil quyidagi shartlarni bajarishi shart:

  • o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatini olish;
  • G‘azo sektoridan chiqib ketish;
  • ko‘chirilgan shaxslarning qaytishiga ruxsat berish;
  • asirlar almashish bo‘yicha jiddiy kelishuvga rozi bo‘lish;
  • G‘azoga gumanitar yordam kirishiga imkon yaratish.

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Taniy Misr va HAMAS G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borganini tasdiqlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar