Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit rashk tufayli hamyurtini pichoqladi

Jarohat olgan erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

1 daqiqa o‘qish9 898 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik muhojirlar o‘rtasidagi mojaro pichoqbozlik bilan yakunlandi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Foto: Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Hodisa 19-oktyabr kuni tunda Pravda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaralagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari 20-oktyabr Marat ko‘chasida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U jabrlanuvchining 15 yoshli vatandoshi bo‘lgan. 

“Fontanka” nashriga ko‘ra, erkak yosh hamyurti — xotinining o‘g‘li bilan umumiy til topa olmagan. Bola esa pichoq bilan hujum qilgan. U qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishda gumon qilinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga jo‘natilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar