Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik ayolning bolasi noma’lum sharoitda vafot etdi 

To‘rt oylik chaqaloq onasining dugonasi nazorati ostida bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish15 704 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumanida o‘zbekistonlik ayolning bolasi noma’lum sharoitda vafot etdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto: pxhere

Ma’lum qilinishicha, 4 oylik chaqaloq Suzdal prospektidagi kvartirada onasining dugonasi — 22 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi nazorati ostida bo‘lgan. Chaqaloq nima sababdan vafot etgani noma’lum. Zo‘ravonlik belgilari bo‘lmagan jasad o‘lim sababini aniqlash uchun morgga jo‘natilgan.

Bola otasiz o‘sgan, uning onasi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, farrosh bo‘lib ishlagan. U Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmagan. Voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar