Daryo

Buyuk Britaniyada havo hujumlarini qaytarish uchun mudofaa tizimlari yetishmaydi — OAV

“Mamlakat Isroilning ‘Temir gumbaz’iga o‘xshash o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimini yaratishi kerak”, dedi Britaniya parlamentining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi sobiq raisi Tobias Ellvud

1 daqiqa o‘qish5 523 ko‘rishlar0 izoh0

Buyuk Britaniyada havo mudofaa tizimlari yetishmaydi, bu esa ehtimoliy havo hujumida mamlakatni zaif holga keltiradi. Bu haqda Britaniya parlamentining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi sobiq raisi Tobias Ellvud ma’lum qildi.

Foto: AP

Gipertovushli raketalardan foydalangan holda hujum amalga oshirilgan taqdirda Britaniya havo hujumidan mudofaa vositalari qattiq yuklamaga uchrab, zaif bo‘lib qoladi, deb hisoblaydi u.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmasligi sababli London katta xavf ostida qolmoqda. Buyuk Britaniya muhim infratuzilmani himoya qilish uchun Isroilning ‘Temir gumbaz’iga o‘xshash o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimini yaratishga sarmoya kiritishi kerak”, dedi Ellvud.

U havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni tezlashtirishga chaqirdi.

Ellvudning ta’kidlashicha, gipertovushli raketalarni yaratish va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish Britaniya havo mudofaa tizimini mustahkamlashga qo‘shimcha sarmoya kiritishni talab qiladi. Nashrning eslatishicha, 1-oktyabr kuni Erondan Isroil tomon uchirilgan qanotli raketalarni urib tushirish uchun Britaniyaning harbiy havo kuchlari ham jalb qilingan. Ammo ular o‘z vazifalarini uddalay olmagan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar