Daryo

Belgiyadagi aeroportda ish tashlash sababli barcha reyslar bekor qilindi  

Aeroportda 23-oktyabrdan odatiy ish tartibiga qaytish rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 129 ko‘rishlar0 izoh0

Belgiyadagi Sharlerua xalqaro aeroporti xususiy xavfsizlik kompaniyasi xodimlarining ish tashlashi sababli barcha uchib ketish reyslarini bekor qildi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Foto: Reuters

“22-oktyabr, seshanba kuni xavfsizlik xizmati xodimlarining ish tashlashi va buning oqibatida xavfsizlikni taʼminlash uchun xodimlar yetishmasligi sababli ushbu sanada Sharlerua aeroportidan uchadigan barcha reyslar bekor qilindi”, deyiladi xabarda.

Aeroport reyslarni qabul qilishni davom ettiradi va 23-oktyabr, chorshanba kunidan odatiy ish tartibiga qaytish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Boing ish tashlashni oldini olish uchun 33 ming ishchining maoshini rekord darajada oshirishi xabar berilgandi.

Mutaxassislar xodimlarning ish tashlashi Boing’ga taxminan 3 milliard dollar zarar keltirishi mumkinligini hisob-kitob qilishgan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar