Daryo

AQSHda o‘lim bilan tugagan YTH sabab 2,5 mlnga yaqin Tesla avtomobili qayta tekshiriladi

Qayd etilishicha, NHTSA ushbu transport vositalarini chaqirib olishni talab qilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish8 056 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) avtopilot dasturi bilan jihozlangan 2,4 million dona Tesla avtomobilini 4ta YTHdan so‘ng qayta ko‘rib chiqadi. YTHlardan biri o‘lim bilan tugagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi modellar tekshiriladi:

  • 2016—2024-yillarda ishlab chiqarilgan Tesla S va X;
  • 2017—2024-yillarda ishlab chiqarilgan Tesla Model 3;
  • 2023—2024-yillarda ishlab chiqarilgan Tesla Model Y;
  • 2020—2024-yillarda ishlab chiqarilgan Cybertruck elektr pikaplari.
Foto: Reuters

Tekshiruv natijalariga ko‘ra NHTSA ushbu transport vositalarini chaqirib olishni talab qilishi mumkin. Tekshirish qaroriga sabab avtohalokatlar bo‘lib, ulardan birida avtonom boshqaruv funksiyasiga ega Tesla avtomobili piyodani halok qilgan.

Shu munosabat bilan agentlik avtopilot dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan avtomobillarning kamchiliklari va ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish niyatida.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar