Daryo

Rossiyadan 2 mingdan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuboriladi

Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha 420 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1 daqiqa o‘qish6 396 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvada o‘tkazilgan “Nelegal-2024” operatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan ikki mingdan ortiq muhojirlar chiqarib yuboriladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Sputnik

Sud organlari tomonidan administrativ materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chet el fuqarolarini Rossiyadan administrativ tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qaror, chet el fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risida 20 ta qaror chiqarildi, 12 nafar shaxs deportatsiya qilindi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlari migratsiya qonunchiligini 13 mingdan ortiq buzish holatini aniqlagan. Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha 420 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Nelegal-2024” — Rossiyada noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor-profilaktika tadbirlar. Birinchi bosqich Rossiyada iyun oyida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida migratsiya sohasida 50 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan, qariyb 9 ming xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar