Daryo

Syujeti kutilmagan burilishlarga boy 5 ta yangi serial (treyler)

“Ko‘prik ostida” serialida 14 yoshli Rina Virk do‘stlari bilan o‘tkazgan bayramdan keyin uyiga qaytmaydi va bir nechta o‘smir bolalar asosiy gumondorga aylanadi

2 daqiqa o‘qish10 282 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yil tomoshabinlar e’tiborini tortadigan va barcha epizodlarini bir vaqtning o‘zida ko‘rishga majbur qiladigan ko‘plab seriallarga boy bo‘ldi. Tarixiy hikoyalar, sehrli fantastika, sarguzashtlar va jangari filmlar — istalgan janrni tanlashingiz va o‘zingizga yoqqan filmni topishingiz mumkin.

“Syogun”

Foto: IMDb

27-fevral kuni FX kanali va HULU striming xizmatida Jeyms Klavellning “Syogun” romani asosida yangi serial namoyish etildi. Unda 1600-yillarda yapon qirg‘oqlariga yetib kelgan birinchi ingliz uchuvchisi Uilyam Adamsning sarguzashtlari haqidagi Jeyms Klavell romanining yangi filmga moslashuvi tomoshabinni hayratga soladi. Epik miqyos, tarixiy materiallar, teksturalar, manzaralar, Yaponiya an’analari, siyosiy fitnadan to‘qilgan chinakam hayajonli syujet.

“Syogun” filmi orqali feodal Yaponiyaning haqiqiy dunyosiga olib ketadi, serialda yevropaliklarga begona xalqning hayoti va urf-odatlari mukammal tarzda yetkazilgan. Mazkur serial Emmi-2024 taqdirlash marosimida 49 ta mukofotdan 14 tasini olib, mutlaq g‘olib bo‘ldi va mukofotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

“Rejim”

Foto: Yahoo

Rejissyor Stiven Frears tomonidan yaratilgan mini-serialda asosiy rolni aktrisa Keyt Uinslet o‘ynaydi. Syujet markazida hokimiyatni qo‘lidan boy berayotgan malika haqidadir. Serialdagi voqealar avtoritar rejimga ega bo‘lgan Markaziy Yevropa davlatidagi saroy ichida bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni qo‘ldan chiqarmaslik va avtoritetni yo‘qotmaslik uchun malika qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi. Biroq odamlar uning rejimini yoqtirmaydi. Bosh qahramonni bu narsa qiziqtirmaydi, shuning uchun butun aholiga qarshi chiqadi.

“Ko‘prik ostida”

Foto: Kinoafisha.com

14 yoshli Rina Virk do‘stlari bilan o‘tkazgan bayramdan keyin uyiga qaytmaydi. Politsiya detektivi Kem Bentlend va yozuvchi Rebekka Godfri ishni o‘z zimmasiga oladi va bir nechta o‘smir bolalar asosiy gumondorga aylanadi.

Murakkab hikoyalar serialning oxirgi qismigacha hayajonda ushlab turadi. Unda shafqatsiz qotilliklar va kitob yozishni boshlagan va katta sirni bilib qolgan yozuvchi haqida hikoya qilinadi.

 “Franklin”

Foto: IMDb

Ushbu mini serial Apple TV+ kanalida namoyish etildi. Bosh rolni aktyor Maykl Duglas ijro etadi. Yangi tarixiy serial Steysi Shiffning “Buyuk improvizatsiya: Franklin, Fransiya va Amerikaning tug‘ilishi” kitobiga asoslangan.

Voqealar 1770-yillarda bo‘lib o‘tadi. Benjamin Franklin inglizlarga qarshi fransuzlar bilan ittifoq tuzish uchun Parijga boradi. Diplomatik ilmga ega bo‘lmagan 70 yoshli siyosatchi ingliz josuslari va fransuz informatorlarni o‘z fikrlariga ayyorlik bilan ishontirishi va Amerika mustaqilligini qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

“Omadimiz kelgan ekan”

Foto: IMDb

Serial urush davrida quvg‘inga uchragan polshalik yahudiy oila haqida. Qahramonlar Polshaning Radom shahrida farovon hayot kechiradi. Ammo Ikkinchi jahon urushi yaqinlashgach, oila a’zolari dunyoning turli chekkalariga surgun qilinadi. Ular juda og‘ir sharoitlarda hayot uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar