Daryo

Sankt-Peterburgdagi axlatxona yaqinidan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Jasad ekspertiza qilish va o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan

1 daqiqa o‘qish22 705 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.

Foto: 47channel

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktyabr kuni tushdan keyin 26-uy yonida, axlat konteyneri orqasidagi ariqda qonga belangan erkak jasadi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, marhum yaqinda Rossiyaga kelgan va Murino shahrida yashagan. Jasad ekspertiza qilish va o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan.

Voqea yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, politsiya voqeaga oydinlik kiritmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar