Daryo

Namanganda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shuningdek, Lacetti egasi avtomashina boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositasini topshirgani yuzasidan ham tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish9 178 ko‘rishlar0 izoh0

Namanganda maktab o‘quvchisi boshqargan Gentra yuk mashinasi bilan to‘qnashgani va haydovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2007-yilda tug‘ilgan, Namangan shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi 300 ming so‘m evaziga ijaraga Lacetti avtomobilini olgan. 

So‘ng uni soat 12:30 larda Namangan shahar, “Marg‘ilon” ko‘chasida yuqori tezlikda boshqarib borib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib ketgan va qarama-qarshi tomonidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Zil-138A” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti avtomashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.
Avtomashina salonida bo‘lgan 4 nafar o‘quvchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Lacetti avtomashina egasi boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishga topshirgani yuzasidan ham tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar