Daryo

O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan bog‘cha xodimlarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi 

Trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi

1 daqiqa o‘qish24 904 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan bog‘chalar rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi. Bu haqda “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.

“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yil 1-yanvardan pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning kasbiy rivojlanish soati, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa shuningdek, kasbiy rivojlanish kuni kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. 

2024-yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 33 942 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 6 780 tasi davlat bog‘chalari, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar