Daryo

YCHL. “Real” va “Bavariya”da mag‘lubiyat, “Liverpul”da ishonchli, “Yuventus”da esa irodali g‘alaba 

Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi

3 daqiqa o‘qish13 938 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 2-oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Real” safarda “Lill” mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Devid tomonidan penaltidan urilgan gol fransuz klubiga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Foto: Getty Images

“Bavariya” esa “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 79-daqiqada Duran tomonidan kiritildi.

Foto: Getty Images

“Liverpul” o‘zida “Bolonya”ni qabul qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Mak Allister hisobni ochdi. 75-daqiqada Saloh ajoyib gol bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

“Yuventus” “Leypsig” ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Turinliklar tarkibida Vlahovich dubl qayd etgan bo‘lsa, Konseysau bitta gol muallifiga aylandi. Nemis klubi safida Sheshko ikkita gol urdi.

Shuningdek, “Benfika” “Atletiko”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi, “Dinamo” Zagreb “Monako” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

YCHL

2-tur

2-oktyabr, chorshanba

“Lill” – “Real” 1:0

Gol: 1:0 – 45+2 Devid (penalti).

“Lill”: Shevale, Gudmundsson, Alessandro, Diakite, Santush, Andre, Buaddi, Bakker (Mene, 88), Kabella (Saxraui, 72), Jegrova, Devid.

“Real Madrid”: Lunin, Mendi (Fran Garsiya, 46), Ryudiger, Militao (Mbappe, 57), Karvaxal, Bellingem, Kamavinga (Gyuler, 67), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Endrik (Modrich, 57).

Ogohlantirishlar: Endrik (46), Kamavinga (59), Bellingem (78), Ryudiger (79), Modrich (81), Devid (90+3), Diakite (90+6).

“Aston Villa” – “Bavariya” 1:0

Gol: 1:0 – 79 Duran.

“Aston Villa”: Martines, Din, Pau Torres, Diego Karlos, Konsa, Tilemans, Onana (Barkli, 60), Remzi (Beyli, 27), Filojin-Baydeys, Rojers, Uotkins (Duran, 70).

“Bavariya”: Noyer, Devis, Kim Min Chje (Goretska, 86), Upamekano, Laymer (Tel, 86), Pavlovich (Palinya, 76), Kimmix, Olise (Sane, 66), Koman (Musiala, 46), Gnabri, Keyn.

Ogohlantirishlar: Upamekano (21), Gnabri (66), Matsen (90+1), Diego Karlos (90+4), Duran (90+5).

“Liverpul” – “Bolonya” 2:0

Gollar: 1:0 – 11 Mak Allister, 2:0 – 75 Saloh.

“Liverpul”: Alisson, Robertson (Simikas, 72), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Bredli, 85), Mak Allister, Gravenberx, Soboslai (Jons, 86), Dias (Gakpo, 72), Saloh, Nunyes (Diogu Jota, 61).

“Bolonya”: Skorupski, Miranda, Lukumi, Bekema (Kazale, 62), Posh, Froyler (Fabbian, 84), Moro, Urbanski (Ebisher, 61), Ndoye (Iling-Junior, 79), Orsolini, Dallinga (Kastro, 79).

Ogohlantirishlar: van Deyk (26), Bekema (39), Konate (39), Robertson (55), Ebisher (67), Simikas (90).

“Leypsig” – “Yuventus” 2:3

Gollar: 1:0 – 30 Sheshko, 1:1 – 50 Vlahovich, 2:1 – 65 Sheshko (penalti), 2:2 – 68 Vlahovich, 2:3 – 82 Fransishku Konseysau.

“Leypsig”: Gulachi, Raum, Lukeba, Orban, Gertryuyda (Vermeren, 87), Simons, Aydara (Nusa, 75), Zayvald (Poulsen, 87), Baumgartner (Xenrixs, 46), Sheshko, Openda (Andre Silva, 90+1).

“Yuventus”: Di Gregorio, Kambyazo, Bremer (Gatti, 7), Kalulu, Savona (Duglas Luis, 61), Fajoli, Makkenni, Kopmeyners, Yildiz (Perin, 60), Gonsales (Fransishku Konseysau, 12), Vlahovich.

Ogohlantirishlar: Raum (79), Fransishku Konseysau (85).

Chetlatish: Di Gregorio (59).

“Benfika” – “Atletiko” 4:0

Gollar: 1:0 – 13 Aktyurkoglu, 2:0 – 52 Di Mariya (penalti), 3:0 – 75 Ba, 4:0 – 84 Kekchyu (penalti).

“Dinamo” – “Monako” 2:2

Gollar: 1:0 – 45+3 Suchich, 2:0 – 66 Baturina, 2:1 – 74 Salisu, 2:2 – 89 Zakariya (penalti).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar