Daryo

HAMAS Tel-Avivdagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi 

Avvalroq mazkur hududdagi tramvay bekatida ikki nafar qurolli shaxs tinch aholiga qarata avtomatlardan o‘t ochgani xabar berilgan edi

1 daqiqa o‘qish8 856 ko‘rishlar0 izoh0

Falastinning HAMAS harakati Tel-Aviv janubidagi Yaffa shahrida 1-oktyabr kuni sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deya Reuters xabar berdi.

Foto: TASS
“Al-Qassam brigadalari Yaffada kechagi operatsiya uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga oldi. Hodisa oqibatida yetti nafar isroillik halok bo‘ldi, 16 nafari yaralandi”, deyiladi xabarda.

The Times of Israel nashriga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan jangarilardan ikki nafari xevronlik Muhammad Mesek va Ahmad Himuniy HAMAS a’zolaridir.

Isroilning Yaffa shahridagi tramvay bekatida 1-oktyabr kuni ikki nafar qurolli shaxs tinch aholiga qarata avtomatlardan o‘t ochgan edi. Hujumchilar zararsizlantirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 24 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan yetti kishi halok bo‘lgan, yana 16 nafari jarohatlangan. OAV xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Gretsiya va Gruziya fuqarolari, yaradorlar orasida ukrainalik ayol ham bo‘lgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar