Daryo

Tel-Aviv janubida ro‘y bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi

Voqeada yana to‘qqiz kishi yaralangani xabar qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish13 546 ko‘rishlar0 izoh0

Isroilning Tel-Aviv shahrida noma’lum shaxslar otishma uyushtirdi. Otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.

Foto: The Israel Post

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, otishma Tel-Avivning Yaffa hududida sodir bo‘lgan. Jarohat olganlarning to‘rt nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Rasmiylar mazkur voqeani terakt sifatida baholagan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar