Daryo

AQSH falastinliklarga gumanitar yordam uchun 330 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi — OAV 

Amerika xalqaro taraqqiyot agentligining bildirishicha, G‘azo sektori va G‘arbiy Sohil gumanitar inqiroz holatida

1 daqiqa o‘qish9 389 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi falastinliklarga 336 million dollar miqdorida qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatish niyatida.

Bu haqda Amerika xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)dagi manbalarga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, moliyalashtirish ushbu hududlarga oziq-ovqat, dori-darmon va asosiy ehtiyojlarni yetkazib berish, shuningdek, Isroil armiyasining harakatlari tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lgan falastinliklarni kelayotgan qishda vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradi.

USAID’ning bildirishicha, G‘azo sektori va G‘arbiy Sohil gumanitar inqiroz holatida.

“Qo‘shma Shtatlar mojaroning barcha tomonlarini sulhga va garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishga, shuningdek, G‘azo sektoriga va uning ichida keng ko‘lamli gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha kelishib olishga chaqiradi”, deyiladi agentlik xabarida.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar