Daryo

Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi

1 daqiqa o‘qish10 982 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Navbahor tumani “Qorovultepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida soat tonggi 04:30 da o‘tkazilgan reyd davomida Qiziltepa tumani Toshrabot qishlog‘ida yashovchi fuqarolar G‘.Sh., O.M. va A.Z. Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani aniqlandi. 

Huquqbuzarlar jami 26 ta tovon, 8 ta oq amur, 6 ta do‘ngpeshona, 32 ta zog‘ora, 32 ta laqqa, 249 ta Samarqand loyxo‘ragi hamda 46 ta O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori baliqlarini ovlagan. 

Natijada tabiatga 6 milliard 324 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar