Daryo

Toshkentda poyga vaqtida bir kishini urib yuborgan haydovchi ozodlikka chiqarildi

Apellyatsiya sudidan so‘ng unga 2 yil sinov muddati belgilandi

1 daqiqa o‘qish18 023 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Sergeli tumanida o‘tkazilgan poyga vaqtida 1997-yilda tug‘lilgan D.K. Kia rusumli avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etgandi. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ozod qilindi.

Foto: Videodan kadr

Holat yuzasidan may oyida haydovchi — 2000-yilda tug‘ilgan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sud hukmiga ko‘ra u 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan va 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 12-sentyabr kuni jinoyat ishi apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi. Sud ajrimiga ko‘ra, qamoqda saqlangan 4 oy 2 kun jazodan chegirilib, o‘tash uchun qolgan 2 yil 7 oy 28 kunlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblandi va 2 yil sinov muddati belgilandi. Sudlanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, A.H. sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Ta’kidlanishicha, apellyatsiya instansiyasi sudida A.H.ning oila a’zolari tomonidan moddiy va ma’naviy zararlar to‘liq qoplangani, unga nisbatan hech qanday da’vo yo‘qligi, ayblanuvchi muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror va qilmishidan pushaymonligi, oilaviy va moddiy ahvoli inobatga olingan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar