Daryo

Andijondagi shifoxonada ikki ayol janjallashdi 

Oqibatda urib, jarohat yetkazgan ayolning mashinasi MIB tomonidan xatlandi

1 daqiqa o‘qish23 492 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatidagi shifoxonalarning birida ikki ayol janjallashishi ortidan ulardan birining mashinasi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: MIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shifoxonalarning birida ikki ayol o‘zaro tortishib qolgan. Oqibatda fuqaro G.S. Sh.B.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati yuzasidan Sh.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga murojaat qilib, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar hamda advokat xizmat haqi uchun jami 15 million 400 ming so‘mni undirib berilishini so‘ragan.

Qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushguniga qadar da’voni ta’minlash haqidagi sudning ajrimi ijroga qaratilgan. Unga ko‘ra, fuqaro G.S.ga tegishli Nexia-3 xatlanishi belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari davomida ayolning mashinasi xatlab qo‘yilgan.

Hozirda moddiy va ma’naviy zarar pullarini undirish choralari ko‘rilyapti.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar