Daryo

8 daqiqada jon berdi: AQSH tarixida ikkinchi marta azot yordamida qatl qilindi

O‘lim hukmi 2 yil oldin ijro etilishi kerak bo‘lgan. Biroq o‘shanda shifokorlar buni amalga oshira olmagan

1 daqiqa o‘qish101 544 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Alabama shtatida mamlakat tarixida ikkinchi marta azot yordamida o‘lim jazosi o‘tkazildi. 59 yoshli AQSH fuqarosi Alan Yujin Miller qatl etildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, Millerga 1999-yilda uch kishini o‘ldirgani uchun shunday hukm chiqarilgan. Mahkumga nafas olish niqobi orqali azot yuborilgan. Bu gipoksiya va oxir-oqibat o‘limga olib kelgan. Erkak sakkiz daqiqada katalka ustida yotgancha jon bergan.

Dastlab erkakka 2022-yilda o‘lim hukmini ijro etmoqchi bo‘lishgan, biroq o‘shanda shifokorlar Millerga o‘lim inyeksiyasini qo‘ya olmagan. 

“Men bu yerda bo‘lish uchun hech narsa qilganim yo‘q”, degan u azot yordamida qatl etilishidan oldin.

25-yanvar kuni Alabama shtatida tarixda birinchi marta azot gipoksiyasi yordamida o‘lim jazosi ijro etilgandi. Buning uchun mahbus Kennet Smit tanlangan. U 1988-yilda ayolni o‘ldirganlikda ayblangan. Jinoyat ruhoniyning buyurtmasi bilan sodir etilgan bo‘lib, uning xotini qurbonga aylangan, eri esa qarzlarini to‘lash uchun sug‘urta pulini olishni ko‘zlagan.

"I didn't do anything to be here," he said before being executed by nitrogen gas.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar