Daryo

Floridada 25 yil oldingi qotillik uchun erkak qatl etildi

Erkakka qarshi jami to‘rtta ayblov e’lon qilingan

2 daqiqa o‘qish4 296 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Florida shtatida 25 yil oldin sodir etgan jinoyati sababli 48 yoshli erkakka nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Foto: Newsweek

Maykl Tanzi ismli shaxsga qarshi hukm 9-aprel kuni ijro etilgan. U Raiford shahrida joylashgan Florida shtat qamoqxonasida o‘ldirilgan. Ijro etish usuli ko‘rsatilmagan. Biroq Floridada o‘limga olib keladigan inyeksiya yoki elektr stul qo‘llaniladi.

Marhum qanday jinoyat sodir etgandi?

Qotillik 2000-yilda yuz bergan, Maykl Tanzi ismli erkak ayolni o‘g‘irlab ketgan va o‘ldirgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, Akosta ismli ayol  2000-yil 25-aprelda hujumga uchragan. U Mayamidagi bog‘da parkovka qilingan furgonida kitob o‘qib o‘tirgan. Shu payt Tanzi undan sigaret so‘ragan va ayolning yuziga zarba berib, mashinasi bilan birga uni o‘g‘irlab ketgan.

Tanzi ayolning bo‘yniga lezva tirab, uni o‘zi yashaydigan Florida Keys tomon olib ketgan. Yo‘l davomida u Akostani arqon bilan bog‘lab, og‘ziga sochiq tiqqan, jinsiy tajovuz qilgan va Akostaning bank kartasidan pul yechib olish uchun foydalangan. Shundan so‘ng erkak ayolni bo‘g‘ib o‘ldirib, uning jasadini o‘rmonli hududga tashlab ketgan.

Foto: Akosta

Akostaning hamkasblari va do‘stlari uning yo‘qolgani haqida politsiyaga xabar bergan. Hodisadan ikki kun o‘tgach Tanzi ayolning furgonini haydab ketayotganida hibsga olingan. Uning yonidan Akostaning bank hisobidan pul yechilganiga oid kvitansiyalar topilgan. U jinoyatni tan olgan va politsiyaga Akostaning jasadini qayerga tashlaganini hamda jinoyat paytida ishlatgan skotch va arqonni qayerga uloqtirganini ko‘rsatgan.

Tanzi 2003-yil 11-aprelda birinchi darajali qotillik, o‘qotar yoki o‘limga olib keluvchi qurol bilan avtomobilni o‘g‘irlash, odam o‘g‘irlash va qurolli talonchilik ayblovlari bilan o‘lim jazosiga hukm qilingan. O‘lim jazosiga hukm qilingan mahbus barcha shikoyat qilish imkoniyatlarini ishlatib bo‘lgan.

Mahalliy “O‘lim jazosiga muqobil choralar” tashkilotiga ko‘ra, Tanzi bolaligida jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan. Oqibatda u yosh voyaga yetgan paytida o‘z joniga qasd qilishga uringan. Uch yil o‘tib, u Akostani o‘ldirgan. 

Tanzi 2025-yil Floridada qatl etilgan uchinchi shaxsdir. Bu yili Qo‘shma Shtatlarda jami 11 ta qatl amalga oshirildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar