Daryo

2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmasligi mumkin

FIFA turnirni tashkillashtirish uchun kutilgan 4 milliard dollarni yig‘a olmagan

1 daqiqa o‘qish15 048 ko‘rishlar0 izoh0

Kelasi yozda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi JCH—2025 tashkil etilmasligi mumkin, deb xabar berdi “La Gazzetta dello Sport”.

Foto: Getty images

Maʼlum qilinishicha, hozir FIFA’da klublar o‘rtasidagi mundialni ko‘rsatish uchun televideniye huquqlarini sotib olishga tayyor bo‘lgan hech kim yo‘q va buni amalga oshirish uchun vaqt tugab bormoqda. Bundan tashqari, 15-iyundan 13-iyulgacha belgilangan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati O‘smirlar o‘rtasidagi Yevro—2025 (12-iyun – 5-iyul) va KONKAKAF Oltin Kubogi (14-iyun – 7-iyul) musobaqalari o‘tkazilish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, klublar o‘rtasidagi JCHni o‘tkazish uchun stadionlar va homiylar yetarli emas.

FIFA turnirni tashkillashtirish uchun taxminan 4 milliard yevro yig‘ilishini kutgan, biroq bu mablag‘ hali topilganicha yo‘q. 

Avvalroq FIFA turnirga qiziqishni jonlantirish maqsadida jahon teleradiokompaniyalari bilan uchrashuv tashkil qilgani avvalroq qilingandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar