Daryo

2024-yilning 6 oyida O‘zbekiston hududidan qariyb 6 mln tonna tranzit yuklari tashilgani ma’lum qilindi

Tranzit yuklarning 4,1 mln tonnasi temiryo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 77,9 %) tashilgan

1 daqiqa o‘qish6 416 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston hududidan tashilgan (avtomobil va temiryo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln tonnani tashkil etgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Tranzit yuklarning 4,1 mln tonnasi temiryo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 77,9%) tashilgan.

Foto: Statistika agentligi

Yana 1,2 mln tonna yuk  (jamiga nisbatan 22,1%) avtomobil transporti orqali tashilgan.

Avvalroq Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 8 384,6 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 44,5 foizini tashkil etganini xabar qilgandi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Surxondaryoda (87,7%) ekani ma’lum qilingan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar