Daryo

Andijonda sementni tannarxidan past narxlarda sotgan korxona 5 mlrd so‘mga yaqin jarimaga tortilishi mumkin

Qo‘shma korxonaga nisbatan antidemping ishi qo‘zg‘atilgandi

1 daqiqa o‘qish27 234 ko‘rishlar1 izoh0

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyatidagi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodiga qarshi antidemping ishi qo‘zg‘atgandi. Qo‘mita 4,9 milliard so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak bo‘lgan jami 122,7 ming tonna sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan.

Bunda jami 2,7 ming tonna sement mahsuloti o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri realizatsiya qilingani natijasida 81,1 million so‘m asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Shangfeng-Bridge of Friendship MCHJga nisbatan raqobatga zid harakatlarni, xususan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirgani (demping harakatlari) va birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan harakatlarni sodir etgani sababli belgilangan tartibida 4,9 milliard so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha to‘plangan hujjatlar soliq organiga yuborilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar