Daryo

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Ular subsidiya ajratish bo‘yicha xulosa berilishida muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan

1 daqiqa o‘qish42 872 ko‘rishlar0 izoh0

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuzilgan tuman komissiyasi tomonidan 5 ish kun ichida elektron platforma orqali xulosa berilishi shartligi belgilangan.

Biroq, viloyatning 9 nafar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya bo‘lim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya bo‘limi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Xususan, Asaka tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan “Zumrad” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJning 2023-yil 31-oktyabrdagi subsidiya ajratish haqidagi arizasi 2024-yil 19-yanvarda muddati o‘tkazib xulosa berilgan.

Andijon viloyatidagi 44 nafar mansabdor shu kabi qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygani oqibatida tadbirkorlarning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan. Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasiga asosan, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq Jizzax viloyatida 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagani uchun jazolangandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar