Daryo

Andijonda tunda mushakbozlik qilganlarga chora ko‘rildi 

Ular do‘stining tug‘ilgan kuniga shunday syurpriz uyishtirgan

1 daqiqa o‘qish21 171 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati Asaka shahrida tungi vaqtda mushakbozlik qilganlarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Foto: Andijon IIB

Unga ko‘ra, 22-avgust kuni tungi soat 00:00 larda Asaka shahrining “Qadriyat” MFY, Xumo ko‘chasida yashovchi bir guruh shaxslar ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirayotgani haqida ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyiga borilganida, Asaka tumani “Beruniy” MFYda yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan X.A.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning do‘stlari I.A va A.B.lar aholining tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirgani aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 192-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Tungi vaqtda, ya’ni — soat 23:00 dan 06:00 gacha maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi harakatlarni sodir etish tegishli javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar