Daryo

Parij—2024. Bahodir Jalolov — Olimpiada o‘yinlari oltin medali sohibi 

Jalolov ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritmoqda

1 daqiqa o‘qish131 561 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: MOQ

Olimpiada doirasida boks musobaqasining +92 kggacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi jang qildi. 

Birinchi raund Jalolovning to‘liq ustunligida o‘tdi. U raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirdi.

Ikkinchi raundda ham 5:0 hisobida o‘zbekistonlik bokschining ustunligi qayd etildi. Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Bahodir ketma-ket ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bahodir bundan oldingi bosqichlarda norvegiyalik Omar Shihaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi, shuningdek, avstraliyalik Teremoana Teremoanani taslim etgandi. Yarim finalda esa germaniyalik Nelvie Tiafak mag‘lub etilgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar