Daryo

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan ayol va uning farzandlari uch oydan so‘ng topildi

Ayol voqea haqida aytib, qayerda bo‘lganini maʼlum qildi

1 daqiqa o‘qish69 652 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan ayol va uning farzandlari uch oydan so‘ng topildi, deb xabar berilmoqda “Millar” dasturida.

Maʼlum qilinishicha, ayol eri unga kun bermaganini aytib, farzandlarini olib ketganini bildirgan. U farzandlari bilan o‘zi bilmagan holda Samarqand viloyatiga ketib qolganini va u yerda notanish odamlarning fermer xo‘jaligida ishlab yurganini maʼlum qildi.

“Men ham onaman, bolalarimni himoya qilishim kerak. Nega dunyoga keltirganman ularni? Samarqandga ketib qolgan edim”, — deydi ayol.

Hozirda o‘zi ham, farzandlari ham sog‘lom. Oilasidan ajrashdi, mahalla faollari tomonidan ayol ishga ham joylashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar