Daryo

Toshkent—Andijon poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tishni boshlaydi

Transport vazirligi reyslar jadvalini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish7 703 ko‘rishlar0 izoh0

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 18-iyul kunidan boshlab 730/729-sonli Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd “Quva” bekatida ikki daqiqa to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

730-sonli Toshkent—Andijon yo‘nalishi

  • Toshkent 7:55 – Quva 13:49-13:51 – Andijon 14:17.

729-sonli Andijon—Toshkent yo‘nalishi

  • Andijon 15:47 – Quva 16:13-16:15 – Toshkent 21:47.

Prezident 12-iyul kungi yig‘ilishda Transport vazirligiga poytaxtdan Andijonga qatnaydigan poyezdlarning Quvada ham to‘xtab o‘tishini ta’minlash topshirig‘ini bergan edi.

Avvalroq Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar 15-iyulidan 15-avgustigacha Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar