Daryo

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni ortiqcha to‘lov qilishga majburlayotgan barcha hokim va soliqchilarni qatʼiy ogohlantirdi

Prezident Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olishni topshirdi

1 daqiqa o‘qish11 702 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum so‘zsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.

Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha to‘lov qilishga majburlayotgani bo‘yicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.

Ushbu vaziyatni tanqid qilib, prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga ko‘mak berish orqaligina erishish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi.

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan masʼullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.

Avvalroq faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar