Daryo

Toshkent supermarketlarida 12 xil mahsulot narxi arzonlashdi

To‘qqiz nomdagi mahsulotning eng past narxi esa o‘zgarishsiz qolgan

1 daqiqa o‘qish17 547 ko‘rishlar0 izoh0

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) Toshkentdagi yirik supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini o‘rgandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, MHTI mutaxassislari iyul oyida (tahlil 13-iyun va 11-iyul kunlari o‘tkazilgan) Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqqan.

Monitoring natijalari 12 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatgan. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etilgan.

Foto: IMRS

To‘qqiz nomdagi mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, bug‘doy uni, shakar va boshqalar. Tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari minimal narxining oshishi qayd etilmagan.

2023-yil may oyida O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil birinchi choragi uchun “Iste’mol kayfiyati sharhi”ni e’lon qilgandi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan. Euromonitor International ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar daromadining 46,5 foizini oziq-ovqatga sarflaydi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar