Daryo

O‘zbekistonga o‘tgan olti oyda qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi

Turistlarning aksariyati Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan tashrif buyurgan

1 daqiqa o‘qish7 947 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar—iyun oylarida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.

O‘tgan olti oyda O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Qirg‘iziston — 1 million 57,4 ming nafar;
  • Tojikiston — 1 million 46,2 ming nafar;
  • Qozog‘iston — 668,4 ming nafar;
  • Rossiya — 364,5 ming nafar;
  • Turkmaniston — 67,2 ming nafar;
  • Turkiya — 51,9 ming nafar;
  • Xitoy — 28,7 ming nafar;
  • Hindiston — 28,2 ming nafar;
  • Janubiy Koreya — 19,6 ming nafar;
  • Italiya — 17,7 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar — 181 ming nafar.

Avvalroq O‘zbekistonga 2024-yilda mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘tgan yilning sakkiz oyi davomida mamlakatga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar