Daryo

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari Qozog‘istonning birinchi prezidentiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi

1 daqiqa o‘qish12 187 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-iyul kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qozog‘iston birinchi prezidenti 1940-yil 6-iyul kuni tug‘ilgan. 2021-yil oxirrog‘ida bergan intervyusida Nazarboyev umurtqasini operatsiya qildirgani davlat rahbari lavozimidan ketishining sabablaridan biri ekanini tan olgandi. “Avval bu haqda umuman gapirmaganman, bu o‘ziga xos shov-shuvli yangilik bo‘ladi. Men umurtqamni, belimni operatsiya qildirganman va jarrohlik amaliyoti ancha jiddiy edi”, deya hikoya qilgan Nazarboyev.

Nazarboyev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar katta ommaviy tadbir vaqtida 2011-yilda kuzatila boshlagani haqida ham gapirgan. Nursulton Nazarboyev 2019-yil 19-mart kuni prezidentlik lavozimidan ketishi haqida e’lon qilgan va ertasi kuni davlat rahbari sifatida o‘z vakolatlaridan voz kechishi haqidagi farmonni imzolagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar