Daryo

O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamg‘arma mablag‘lari mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi

1 daqiqa o‘qish10 444 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda uyushma faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarorida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

  • har yili o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;
  • tizim tashkilotlarining sof foydasidan 10 foizi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitiga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
  • har yili byudjet parametrlarida mahallalarning boshqaruv tizimini moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning bir qismi va boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘lari mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.

Shuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etishga, “Mahalla yettiligi” a’zolarini o‘qitish, malakasini oshirish hamda ular orasida o‘z faoliyati namunali tashkil etganlarni rag‘batlantirishga uyushma, uning hududiy bo‘linmalari, fuqarolar yig‘inlarining binolarini kapital ta’mirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlashga ham sarflanishi mumkin.

Hujjat bilan “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi tugatilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar