Daryo

Andijonda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan fuqaro qidirilmoqda 

U haqda maʼlumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi

1 daqiqa o‘qish35 858 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatida jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan fuqaro qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Unga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati tomonidan Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinib yurgan, 1980-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan Baymatov Elmurod Nozimjonovich qidirilmoqda.

“Agar siz ushbu shaxs to‘g‘risida biror-bir maʼlumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 yoki (74)225-33-40, (74)223-90-07 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi. Maʼlumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi”, — deyiladi IIB xabarida.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar